O‘zbekiston va Gvineya-Bisau hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston va Gvineya-Bisau hamkorlikni muhokama qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gvineya-Bisau Respublikasi tashqi ishlar, xalqaro hamkorlik va hamjamiyatlar vaziri Fatumata Jau bilan telefon orqali muloqot qildi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari va siyosiy muloqotni yana-da mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.
O‘zbekiston TIV rahbarining maʼlum qilishicha, suhbat chog‘ida ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida muntazam siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Vazirlar, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Qo‘shilmaslik harakati doirasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish yuzasidan fikr almashdilar.
Telefon muloqoti yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston va Gvineya-Bisau o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan faol muloqotni davom ettirish niyatini tasdiqladilar.