O‘zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Tbilisidagi Qahramonlar yodgorligiga gulchambar qo'ydi

Shavkat Mirziyoyev Tbilisidagi Qahramonlar yodgorligiga gulchambar qo'ydi
Shavkat Mirziyoyev Tbilisidagi Qahramonlar yodgorligiga gulchambar qo'ydi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziyaga davlat tashrifi doirasida 3-iyul kuni Tbilisi shahridagi Qahramonlar maydoniga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Mamlakatimiz yetakchisi Gruziya birligi uchun halok boʻlgan qahramonlar yodgorligi poyiga gulchambar qoʻydi. Harbiy orkestr ijrosida Oʻzbekiston va Gruziya davlat madhiyalari yangradi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.