7
Sport

Anvar Anvarov Vengriya Gran-prisida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Anvar Anvarov Vengriya Gran-prisida kumush medalni qo‘lga kiritdi
Anvar Anvarov Vengriya Gran-prisida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston yengil atletika terma jamoasi vakili Anvar Anvarov Budapesht shahrida o‘tayotgan Hungarian Athletics Grand Prix xalqaro turnirida kumush medal sohibi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Uzunlikka sakrash bahslarida o‘zbekistonlik sportchi 8,12 metr natija qayd etdi. Anvarov ushbu ko‘rsatkichga ikkinchi urinishda erishdi va bu natija unga musobaqada ikkinchi o‘rinni egallash imkonini berdi.

Musobaqa g‘olibi Grekiya vakili Miltiadis Tentoglu bo‘ldi. U 8,31 metr natija qayd etdi. Bronza medalni esa Germaniya sportchisi Saymon Bats qo‘lga kiritdi. U ham 8,12 metr natija ko‘rsatdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.