O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Xusanov 2026-yilgi Jahon chempionatining eng tezkor 10 ta o'yinchisi qatoriga kiritildi

UzDaily tahririyati · 20.07.2026 · 21:56 · 86 views
Xusanov 2026-yilgi Jahon chempionatining eng tezkor 10 ta o'yinchisi qatoriga kiritildi

Xusanov 2026-yilgi Jahon chempionatining eng tezkor 10 ta o'yinchisi qatoriga kiritildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov 2026 yilgi jahon chempionatining eng tezkor futbolchilari o‘ntaligiga kirdi. Musobaqa davomida u soatiga 36,46 kilometr maksimal tezlikka erishib, umumiy reytingda oltinchi o‘rinni egalladi.

Himoyachilar orasida o‘zbekistonlik futbolchi turnirda uchinchi natijani qayd etdi.

Jahon chempionatining eng tezkor futbolchilari reytingida birinchi o‘rinni Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe egalladi. U soatiga 37,61 kilometr tezlikka erishgan. Shuningdek, kuchli uchlikdan Shvetsiya vakili Entoni Elanga (37,16 km/soat) hamda Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Mikki van de Ven (36,77 km/soat) o‘rin oldi.

Turnirning eng tezkor o‘n nafar futbolchisi qatoriga Jordan Bos (Avstraliya), Erling Xoland (Norvegiya), Bredli Barkola (Fransiya), Jed Spens (Angliya), Teo Ernandes (Fransiya) va Nelson Semedu (Portugaliya) ham kirdi.

Abduqodir Husanovning ushbu natijasi 2026 yilgi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari qayd etgan eng eʼtiborli shaxsiy yutuqlardan biri bo‘ldi.