Tesla haydovchisi xavfli boshqaruv uchun haydovchilik huquqidan mahrum etildi
Tesla haydovchisi xavfli boshqaruv uchun haydovchilik huquqidan mahrum etildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Sud Tesla avtomobili haydovchisiga nisbatan qaror chiqardi. Uning harakatlari yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligiga real tahdid tug‘dirgani aniqlandi.
Sud haydovchini aybdor deb topib, unga bir yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish hamda 25 bazaviy hisoblash miqdori miqdorida jarima jazosini tayinladi.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida eslatilishicha, haydovchilik huquqidan mahrum qilish muddati tugagach, haydovchi haydovchilik guvohnomasini avtomatik tarzda qayta ololmaydi.
Haydovchilik guvohnomasini qayta olish uchun u avto maktabda qaytadan o‘qishi va amaldagi talablar asosida nazariy imtihonni muvaffaqiyatli topshirishi lozim.
Hozirgi vaqtda nazariy imtihon 50 ta savoldan iborat bo‘lib, uni muvaffaqiyatli topshirish uchun kamida 46 ta savolga to‘g‘ri javob berish talab etiladi.
Idorada taʼkidlanishicha, yo‘lda xavfli va masʼuliyatsiz harakat qilish jiddiy huquqiy oqibatlarga olib keladi hamda yo‘l harakati ishtirokchilarining hayoti va sog‘lig‘iga tahdid tug‘diradi.