7
Turizm

Tailand Oʻzbekiston fuqarolari uchun vizasiz sayohatni bekor qiladi

Tailand Oʻzbekiston fuqarolari uchun vizasiz sayohatni bekor qiladi
Tailand Oʻzbekiston fuqarolari uchun vizasiz sayohatni bekor qiladi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tailand hukumati mamlakatga vizasiz kirish hamda chegarada viza berish (Visa on Arrival) tizimiga o‘zgartirish kiritish taklifini maʼqulladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Hujjatga muvofiq, 2024-yil 15-iyuldan boshlab 93 davlat, shu jumladan, O‘zbekiston fuqarolari uchun Tailandga kirish uchun joriy etilgan 60 kunlik vizasiz tartib bekor qilinadi.

Ushbu Qaror mahalliy “Royal Gazette”da eʼlon qilingach, oradan 15 kun o‘tib amal qila boshlaydi. Eʼlon keyingi hafta berilishi kutilmoqda.

Yangi tartiblarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari ham Tailandga vizasiz kira olmaydi. Viza olish uchun thaievisa.go.th.  sayti orqali onlayn murojaat qilinadi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.