Sobiq IIV o‘rinbosari Abdullayev ishi sudda ko‘riladi
Sobiq IIV o‘rinbosari Abdullayev ishi sudda ko‘riladi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Yangixayot tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i Bekmurod Abdullayevga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshlaydi. Sudda birinchi majlis 29 iyul kuniga belgilangan. Bu haqda sud xabar berdi.
Abdullayevga O‘zbekiston Jinoyat kodeksining o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 167-moddasining bir nechta band va qismlari bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan. Jami ish bo‘yicha 30 kishi sudlanmoqda. Ularning aksariyatiga mazkur moddaning 3-qismi “a” va “v” bandlari bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan.
Abdullayev 2021 yil aprel oyidan ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2025 yil noyabr oyida u egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. 2026 yil yanvar oyida esa uning qo‘lga olinib va qamoqqa olingani maʼlum bo‘lgan.