Shomurodovning goli JCHning eng yaxshi goli nomiga daʼvogar
Shomurodovning goli JCHning eng yaxshi goli nomiga daʼvogar
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi darvozasiga kiritgan goli FIFA talqini bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi goli nomiga daʼvogarlar ro‘yxatiga kiritildi.
Xalqaro futbol federatsiyasi mazkur golni turnirning eng yaxshi 12 ta goli qatoriga qo‘shdi. G‘olib 48 soat davom etadigan ochiq ovoz berish yakunlari bo‘yicha aniqlanadi.
Avvalroq Shomurodovning ushbu goli jahon chempionati guruh bosqichining eng yaxshi goli deb topilgan edi. Endi u turnirning eng yorqin gollari orasida FIFAning yakuniy nominatsiyasida g‘oliblik uchun kurash olib boradi.