O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

RMC Sport: Tantashev JCHda boshqa o‘yinlarga tayinlanmaydi

UzDaily tahririyati · 06.07.2026 · 15:20 · 39 views
RMC Sport: Tantashev JCHda boshqa o‘yinlarga tayinlanmaydi

RMC Sport: Tantashev JCHda boshqa o‘yinlarga tayinlanmaydi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — FIFA hakami Ilgiz Tantashev 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatining qolgan uchrashuvlariga tayinlanmaydi. Shu bilan birga, hakamga nisbatan rasmiy intizomiy choralar qo‘llanilmaydi. Bu haqda Fransiyaning RMC Sport nashri xabar berdi.

Nashr maʼlumotiga ko‘ra, bunday qaror Paragvay va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi 1/8 final uchrashuvidan keyin qabul qilingan. Mazkur bahsdagi hakamlik keng muhokamalarga sabab bo‘lgan va qator xorijiy ommaviy axborot vositalari Tantashevning ishini tanqid qilgan.

RMC Sport taʼkidlashicha, FIFA o‘zbekistonlik hakamga nisbatan rasmiy intizomiy sanksiyalar qo‘llamaslikka qaror qilgan. Biroq u jahon chempionatining qolgan o‘yinlariga tayinlanmaydi. Bu esa amalda uning turnirdagi faoliyati yakunlanganini anglatadi.

Shu bilan birga, FIFA hozircha mazkur masala yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqmagan. Tantashevning keyingi uchrashuvlarga tayinlanmasligi haqidagi maʼlumot hozircha faqat RMC Sport nashri eʼlon qilgan axborotga asoslanadi.