O‘zbekiston

Prezidentimiz suv-motor sporti bo‘yicha chempionatning ochilishida ishtirok etdi

Prezidentimiz suv-motor sporti bo‘yicha chempionatning ochilishida ishtirok etdi
Prezidentimiz suv-motor sporti bo‘yicha chempionatning ochilishida ishtirok etdi / Foto: O'zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Norasmiy Maslahat uchrashuvi doirasida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston Prezidentlari Issiqko‘lda suv-motor sporti bo‘yicha Qirg‘iziston Gran-prisining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdilar.

Yetakchilar musobaqa ishtirokchilari va mehmonlarini qutladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga sportchilarning saralash poygasini kuzatdi.

Gran-pri Xalqaro suv-motor sporti ittifoqi shafeligida o‘tkazilayotgan “suvdagi Formula-1” nomi bilan mashhur bo‘lgan F1H2O jahon chempionatining ikkinchi bosqichi hisoblanadi. Musobaqalarda har yili turli mamlakatlardan professional jamoa va sportchilar ishtirok etadi. Jahon chempionati bosqichi Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkazilmoqda.

Dasturdan mashg‘ulotlar, saralash bosqichi hamda soatiga 220 kilometrdan ortiq tezlikda harakatlanuvchi tezyurar qayiqlardagi asosiy poyga o‘rin olgan.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.