Iqtisod

O‘zbekiston va Pokiston mebel sanoatida hamkorlik masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Pokiston mebel sanoatida hamkorlik masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston va Pokiston mebel sanoatida hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rahbariyati va mebel ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbirkorlik subyektlari vakillari Pokistonning "Decent Furnishers" mebel ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurdi.

"Decent Furnishers" korxonasi Gujranvala shahrida joylashgan bo‘lib, 1948 yildan beri o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Pokiston bo‘ylab 4 ta zavodlari mavjud. Umumiy ishchilar soni 800 dan ortiqni tashkil etadi. Korxona mahsulotlari eksporti Shimoliy va Janubiy Amerika hamda Markaziy Osiyo davlatlariga amalga oshiriladi.

Tashrif davomida korxona vakillari tomonidan sohaga doir maʼlumotlar taqdim etilib, ishlab chiqarish jarayoni o‘rganildi. Shuningdek, tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olindi.

Shu bilan birga, mamlakatimizda mebelchilik sohasida belgilangan ustuvor vazifalar doirasida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi va fikr almashildi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.