O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va NeoHospital zamonaviy klinika yaratish masalasini muhokama qilishdi

UzDaily tahririyati · 20.07.2026 · 16:35 · 66 views
Oʻzbekiston va NeoHospital zamonaviy klinika yaratish masalasini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va NeoHospital zamonaviy klinika yaratish masalasini muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Hindistonning “NeoHospital” klinikalar tarmog‘i bosh ijrochi direktori (CEO) doktor Sabohuddin Siddiqiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosida xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy ko‘p tarmoqli shifoxona tashkil etish loyihasi muhokama qilindi.

Tomonlar Hindistonning yuqori malakali shifokorlarini mamlakatimizga jalb etish, jigar va buyrak transplantatsiyasi, onkologiya, kardiologiya, neyroxirurgiya kabi yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarni O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yish, shuningdek, shifoxonani zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash, tibbiy infratuzilmani rivojlantirish va tibbiy turizmni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, Agentlik tomonidan mamlakatimizda investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, "BioPharma City" farmatsevtika klasteri loyihasi hamda "Health Invest" orqali davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari taqdim etildi.

Farmatsevtika sohasida qo‘shma ishlab chiqarishni tashkil etish, texnologiyalar transferi va dori vositalarini mahalliylashtirish istiqbollari yuzasidan ham fikr almashildi.