O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O'zbekiston va BYD elektromobillar ishlab chiqarishni kengaytirishni muhokama qilishdi

UzDaily tahririyati · 09.07.2026 · 09:50 · 27 views
O'zbekiston va BYD elektromobillar ishlab chiqarishni kengaytirishni muhokama qilishdi

O'zbekiston va BYD elektromobillar ishlab chiqarishni kengaytirishni muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 8-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov BYD kompaniyasining Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqalari bo‘yicha boshqaruvchi direktori Cao Shuang bilan uchrashuv o‘tkazdi.

BYD elektromobillar hamda yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositalarini ishlab chiqaruvchi dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. 2024-yil iyun oyida Jizzax viloyatida BYD avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishning joriy natijalarini ko‘rib chiqib, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda korxonaning eksport salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha istiqboldagi rejalarni muhokama qildilar.

Shuningdek, ishlab chiqarish infratuzilmasini kengaytirish, eksport hajmlarini oshirish hamda respublika hududida tezkor quvvatlash stansiyalari tarmog‘ini barpo etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar uzoq muddatli hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda O‘zbekistonda BYD loyihasining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi va barqaror rivojlanishini ta’minlashga sodiqliklarini yana bir bor tasdiqladilar.