"UNG Overseas" va "Centrum Holding" strategik hamkorlik memorandumini imzoladi
"UNG Overseas" va "Centrum Holding" strategik hamkorlik memorandumini imzoladi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda "UNG Overseas" va "Centrum Holding" transport-logistika xoldingi o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Mazkur kelishuv doirasida tomonlar neft mahsulotlarini temiryo‘l logistikasida tashish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish, shuningdek, “zavoddan tankerga” eksport yo‘lagini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Loyihada logistika xablar, quruq portlar va terminal quvvatlaridan samarali foydalanish ko‘zda tutilgan.
Tashabbusning asosiy maqsadi — zamonaviy eksport logistikasini yo‘lga qo‘yish, tashish xarajatlarini kamaytirish va qo‘shilgan qiymatni mamlakat ichida saqlab qolishdan iborat.
Bu hamkorlik “O‘zbekneftgaz”ning xalqaro yo‘nalishdagi strategik platformasi sifatidagi "UNG Overseas" faoliyatini yanada kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.