Ohangaronda Xitoy bilan 30 million dollarlik loyiha muhokama qilindi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Ohangaron tumani hokimi Bahrom Norqobilov Xitoyning "Jiangsu Yiershi Group" kompaniyasi vakillari bilan uchrashib, tuman hududida yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Muzokaralarda qiymati 30 million AQSH dollari bo‘lgan elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi taqdim etildi.
Loyiha doirasida yuqori va past kuchlanishli taqsimlash qurilmalari, transformator podstansiyalari, elektr taqsimlash uskunalari hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun zamonaviy jihozlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Uchrashuvda tumanning investitsion salohiyati va qulay biznes muhiti taqdim etilib, investorlarga zarur ko‘mak ko‘rsatilishi ta’kidlandi.
Tomonlar loyihani joylashtirish uchun muqobil yer maydonlarini ko‘rib chiqish hamda hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.