O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

7 avgustdan O‘zbekistonda hayvonlarni ro‘yxatdan o‘tkazish boshlanadi

UzDaily tahririyati · 04.08.2026 · 18:45 · 185 views
7 avgustdan O‘zbekistonda hayvonlarni ro‘yxatdan o‘tkazish boshlanadi
7 avgustdan O‘zbekistonda hayvonlarni ro‘yxatdan o‘tkazish boshlanadi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 7 avgustdan O‘zbekistonda uy va qishloq xo‘jaligi hayvonlarini veterinariya pasportini rasmiylashtirish hamda davlat hisobiga qo‘yish orqali majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish boshlanadi.

Veterinariya pasporti hayvonning identifikatsiya raqami, uning egasi to‘g‘risidagi maʼlumotlar, shuningdek, o‘tkazilgan emlashlar va davolash haqidagi maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan rasmiy hujjat bo‘ladi.

Belgilangan tartibga muvofiq, hayvon egalari yirik shoxli qoramol, qo‘y, echki va tuyalarni tug‘ilganidan keyin 14 kun ichida, cho‘chqalarni 30 kun ichida, otlarni to‘rt oylik yoshga yetgunga qadar, it va mushuklarni esa uch oylik yoshga yetgunga qadar ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.

Veterinariya pasportini rasmiylashtirish uchun hayvon egasi ariza va shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan tuman yoki shahar veterinariya bo‘limiga murojaat qilishi lozim. Hayvonni davlat hisobiga qo‘yish va veterinariya pasportini berish uch kun ichida amalga oshiriladi.

Amaldagi qonunchilikda hayvonlarni majburiy identifikatsiya qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish talabi allaqachon nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, hayvonlarni o‘z vaqtida davlat hisobiga qo‘ymaganlik uchun javobgarlik masalasi alohida normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinishi mumkin.