O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Turkiyada halok bo‘lgan o‘zbekistonlikning jasadi Vatanga olib kelindi

UzDaily tahririyati · 06.08.2026 · 22:10 · 28 views
Turkiyada halok bo‘lgan o‘zbekistonlikning jasadi Vatanga olib kelindi
Turkiyada halok bo‘lgan o‘zbekistonlikning jasadi Vatanga olib kelindi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Turkiyaning Bursa viloyatida halok bo‘lgan 36 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Oybek Niyozovning jasadi Vatanga olib kelinib, uning oilasiga topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar qildi.

Diplomatik vakolatxona Xorazm viloyatida tug‘ilgan marhumning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Konsulxona maʼlumotiga ko‘ra, Oybek Niyozov Inegol tumanida mehnat faoliyatini olib borgan.

Bosh konsulxona vakillari marhumning qarindoshlariga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatgan hamda Turkiyaning vakolatli organlari bilan tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirgan.

O‘zbekiston Migratsiya agentligi ko‘magi va ko‘rsatilgan moddiy yordam tufayli marhumning jasadi O‘zbekistonga olib kelinib, uning oilasiga topshirildi.

Oybek Niyozovning vafot etish holatlari va sabablari Turkiyaning vakolatli organlari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilmoqda.