O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Qonunchilik palatasi Konstitutsiyaviy sud orqali huquqlarni himoya qilish to'g'risidagi qonun loyihasini ma'qulladi

UzDaily tahririyati · 06.08.2026 · 22:20 · 29 views
Qonunchilik palatasi Konstitutsiyaviy sud orqali huquqlarni himoya qilish to'g'risidagi qonun loyihasini ma'qulladi
Qonunchilik palatasi Konstitutsiyaviy sud orqali huquqlarni himoya qilish to'g'risidagi qonun loyihasini ma'qulladi / Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda deputatlar tomonidan fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlarini Konstitutsiyaviy sud tomonidan himoya qilishni takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Ushbu hujjat inson huquq va erkinliklarining ishonchli sud himoyasini hamda Konstitutsiyaviy sud qarorlarining sud amaliyotida samarali ijrosini ta’minlashga qaratilgan.

Loyiha bilan sudlar tashabbusi asosida Oliy sud tomonidan muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga muvofiqligi masalasi yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat kiritilganda, tegishli ish bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatib turish mexanizmi belgilanmoqda.

Shuningdek, muayyan sud ishida qo‘llanilgan qonun Konstitutsiyaviy sud tomonidan Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topilgan taqdirda, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini qayta ko‘rib chiqish uchun protsessual asos yaratilmoqda.

Majlisda qayd etilganidek, qonun loyihasining qabul qilinishi sud amaliyotida huquqiy aniqlikni ta’minlashga, buzilgan konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarni tiklash imkoniyatlarini kengaytirishga, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishga hamda Konstitutsiyaviy sud qarorlarining sud amaliyotida samarali ijrosini kafolatlashga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.