O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekistonda sement ishlab chiqarish 10,1 mln tonnaga yetdi

UzDaily tahririyati · 06.08.2026 · 22:25 · 31 views
O‘zbekistonda sement ishlab chiqarish 10,1 mln tonnaga yetdi
O‘zbekistonda sement ishlab chiqarish 10,1 mln tonnaga yetdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning yirik korxonalari 2026 yilning yanvar–iyun oylarida 10,1 million tonna sement ishlab chiqardi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar qildi.

2025 yilning shu davriga nisbatan sement ishlab chiqarish hajmi qariyb 0,2 million tonnaga oshgan.

Sement ishlab chiqarish hajmining o‘sishi ikkinchi yil ketma-ket davom etmoqda. Xususan, 2024 yilning yanvar–iyun oylarida korxonalar 7,7 million tonna sement ishlab chiqargan bo‘lsa, 2025 yilda bu ko‘rsatkich 9,9 million tonnaga yetgan, 2026 yilda esa 10,1 million tonnani tashkil qildi.