7
Turizm

Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari “Boku” mehmonxonasining ochilish marosimida ishtirok etdilar

Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari “Boku” mehmonxonasining ochilish marosimida ishtirok etdilar
Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari “Boku” mehmonxonasining ochilish marosimida ishtirok etdilar / Foto: O'zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Norasmiy Maslahat uchrashuvi doirasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari Issiqkoʻl sohilida yangi besh yulduzli “Boku” mehmonxonasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdilar.

Yetakchilar zamonaviy mehmonxona majmuasida tashrif buyuruvchilar dam olishi va xalqaro tadbirlarni oʻtkazish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Mehmonxona 17,2 gektar maydonda joylashgan boʻlib, umumiy maydoni qariyb 30 ming kvadrat metr boʻlgan 120 dan ortiq xonali yetti qavatli binoni, basseyn, akvapark, sport va koʻngilochar infratuzilmani oʻz ichiga oladi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.