O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Fargʻona Afgʻoniston bilan savdo va investitsiya hamkorligini kengaytirmoqda

UzDaily tahririyati · 27.07.2026 · 11:00 · 54 views
Fargʻona Afgʻoniston bilan savdo va investitsiya hamkorligini kengaytirmoqda

Fargʻona Afgʻoniston bilan savdo va investitsiya hamkorligini kengaytirmoqda

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi 150 nafarga yaqin tadbirkorlardan iborat viloyat delegatsiyasi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yana-da rivojlantirish, o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash maqsadida Afg‘onistonda bo‘lib turibdi.

Tashrif dasturi doirasida delegatsiyaning Qobul va Mozori Sharif shaharlarida qator rasmiy uchrashuvlar hamda biznes muloqotlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Afg‘oniston bozorini chuqur o‘rganish, mahalliy talabdan kelib chiqqan holda mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport hajmini kengaytirish, ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida barqaror kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda Qobul va Mozori Sharif shaharlarida yangi «Farg‘ona savdo uyi»ni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Farg‘ona viloyati delegatsiyasini Qobul xalqaro aeroportida Afg‘oniston Savdo-sanoat va investitsiyalar palatasi raisi Said Karim Hoshimiy hamda boshqa rasmiylar kutib oldilar.