O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Toshkentda Oʻzbekiston-Yaponiya biznes forumi boʻlib oʻtdi

UzDaily tahririyati · 09.07.2026 · 10:05 · 41 views
Toshkentda Oʻzbekiston-Yaponiya biznes forumi boʻlib oʻtdi

Toshkentda Oʻzbekiston-Yaponiya biznes forumi boʻlib oʻtdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashabbusi bilan Oʻzbekiston–Yaponiya biznes-forumi boʻlib oʻtdi. Forum ikki mamlakat oʻrtasidagi investitsiyaviy, sanoat va texnologik hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

Forum davlat idoralari, Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari, bank va moliya institutlari hamda biznes uyushmalari vakillarini bir maydonda jamladi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil dekabr oyida Yaponiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarning amaliy davomi boʻldi.

Forum davomida Oʻzbekistonning investitsiyaviy salohiyati hamda iqtisodiyotni liberallashtirish, investorlar huquqlarini ishonchli himoya qilish va zamonaviy sanoat bazasini shakllantirishga qaratilgan izchil islohotlarga alohida eʼtibor qaratildi. Bugungi kunda mamlakatimizda Yaponiya kapitali ishtirokidagi 137 ta korxona faoliyat yuritmoqda, shuningdek, 14 ta yapon kompaniyasining vakolatxonasi mavjud.

Ishtirokchilar infratuzilma, energetika, transport, geologiya, sogʻliqni saqlash, taʼlim, raqamli transformatsiya hamda sanoat kooperatsiyasi yoʻnalishlarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Forum kompaniyalar, banklar, moliya institutlari va tegishli davlat tashkilotlari ishtirokidagi B2B hamda G2B uchrashuvlari bilan yakunlandi.