O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Andijon viloyatida Belarus texnologiyasidan foydalangan holda qishloq xo'jaligi texnikasini ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi

UzDaily tahririyati · 08.07.2026 · 12:50 · 31 views
Andijon viloyatida Belarus texnologiyasidan foydalangan holda qishloq xo'jaligi texnikasini ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi

Andijon viloyatida Belarus texnologiyasidan foydalangan holda qishloq xo'jaligi texnikasini ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Belarus Respublikasida bo‘lib turgan Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Grodno viloyatining Lida tumanida joylashgan “LidaTexmash” MCHJ korxonasi rahbari Aleksandr Truxanovich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida Andijon viloyatida qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi quvvatlarni ishga tushirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik doirasida bog‘dorchilik va dehqon xo‘jaliklari uchun arzon va ixcham texnikalar, shuningdek, kartoshka ekish hamda hosilni terib olishga mo‘ljallangan zamonaviy agrotexnikalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim kelishuvga erishdilar.

Mazkur istiqbolli loyiha viloyat agrar tarmog‘ini hamyonbop va zamonaviy uskunalar bilan taʼminlash orqali qishloq xo‘jaligida ish unumdorligini yana-da oshirishga xizmat qiladi.