O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Turizm

O‘zbekistonda umra xizmatlari reklamasi uchun qator turoperatorlar javobgarlikka tortildi

UzDaily tahririyati · 08.07.2026 · 14:00 · 27 views
O‘zbekistonda umra xizmatlari reklamasi uchun qator turoperatorlar javobgarlikka tortildi

O‘zbekistonda umra xizmatlari reklamasi uchun qator turoperatorlar javobgarlikka tortildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi umra ziyoratini tashkil etish xizmatlarini targ‘ib qilishda reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzgan qator turoperatorlarga nisbatan choralar ko‘rdi.

Idora maʼlum qilishicha, qo‘mita ommaviy axborot vositalari va internet tarmog‘ida joylashtirilayotgan reklama materiallarining O‘zbekiston Respublikasining «Reklama to‘g‘risida»gi Qonuni talablariga muvofiqligini muntazam monitoring qilib bormoqda.

Tekshiruv davomida umra ziyoratini tashkil etish bo‘yicha xizmatlar taklif qilayotgan turoperatorlarning eʼlon va materiallari o‘rganildi.

Qo‘mita maʼlumotiga ko‘ra, Farg‘ona, Namangan va Toshkent viloyatlari, shuningdek Toshkent shahri hududiy boshqarmalari Instagram va Telegram ijtimoiy tarmoqlaridagi Hamroh Tour, Kabadoshlarim, Yuksak Travel, Murabbiy Travel, Hikmat Travel va Infin Tour sahifalari maʼmurlari joylashtirgan reklama materiallarida qonunchilik talablari buzilganini aniqladi.

Mazkur tashkilotlarning mansabdor shaxslariga amaldagi qonunchilikka muvofiq maʼmuriy javobgarlik choralari qo‘llanildi.

Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasida taʼkidlanishicha, o‘tkazilgan tekshiruvlar yakunlari bo‘yicha qonunchilikda nazarda tutilgan barcha choralar ko‘riladi hamda reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazorat ishlari davom ettiriladi.