O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Texnologiyalar

Apple mutaxassislari Oʻzbekistonda iOS ishlab chiqish boʻyicha yangi ustozlik dasturini ishga tushirishdi

UzDaily tahririyati · 08.07.2026 · 13:40 · 26 views
Apple mutaxassislari Oʻzbekistonda iOS ishlab chiqish boʻyicha yangi ustozlik dasturini ishga tushirishdi

Apple mutaxassislari Oʻzbekistonda iOS ishlab chiqish boʻyicha yangi ustozlik dasturini ishga tushirishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) —Joriy yilning 6–10-iyul kunlari Apple kompaniyasi hamkorligida “Fergana Digital Hub” majmuasida Oʻzbekistonda ilk bor iOS dasturlash yoʻnalishi boʻyicha mentorlar malakasini oshirish treningi boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur trening iOS dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha malakali mentorlarni tayyorlash, ularni Apple ekotizimi, Swift dasturlash tili hamda zamonaviy o‘qitish metodikalari bilan tanishtirishga qaratilgan.

Treningni muvaffaqiyatli yakunlagan mentorlarga Apple kompaniyasi xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi.

Malaka oshirish kurslarining barchasini muvaffaqiyatli tamonlagan professional trenerlar, joriy yil tashkil etiladigan 10 ta “iOS Development Center” markazlarda yoshlarimizga ta’lim berishadi.