O‘zbekistonda muammoli kreditlar ulushi oshdi
O‘zbekistonda muammoli kreditlar ulushi oshdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston bank tizimining kredit portfeli 3,2 foizga o‘sib, 623,3 trillion so‘mdan oshdi. Bu miqdor 51,9 milliard AQSH dollariga teng.
Kreditlash hajmi kengayishi bilan birga muammoli kreditlar (NPL) ulushi ham ortib borgani qayd etilmoqda. Davlat banklari segmentida ko‘rsatkich 3,2 foizdan 3,4 foizga, xususiy banklarda esa 2,6 foizdan 2,7 foizga o‘sgan. Umumiy bank tizimi bo‘yicha NPL ulushi 3,0 foizdan 3,2 foizga ko‘tarilgan.
Kapital bozorida aksiyalari faol ishtirok etayotgan banklarda alohida dinamika kuzatilgan. Xususan, O‘zsanoatqurilishbankda ko‘rsatkich 2,5 foizdan 3,7 foizga, Biznesni rivojlantirish bankida 4,5 foizdan 4,4 foizga, Aloqabankda 2,5 foizdan 3,4 foizga, Turonbankda esa 3,4 foizdan 3,7 foizga o‘zgargan.
Ayrim banklarda esa muammoli kreditlar ulushi kamaygani kuzatilgan. Ipoteka-bankda ko‘rsatkich 3,5 foizdan 2,6 foizga tushgan, AVO Bankda 8,2 foizdan 6,2 foizga pasaygan. Xamkorbankda o‘sish juda kichik bo‘lib, 0,8 foizdan 0,9 foizga oshgan. Ipak yo‘li bankda esa 1,1 foizdan 1,4 foizga ko‘tarilgan.
Ayrim moliyaviy muassasalarda sezilarli o‘zgarishlar qayd etilgan. Trastbankda NPL ulushi 3,5 foizdan 4,1 foizga, Asakabankda 3,6 foizdan 4,2 foizga, TBC Bankda 5,7 foizdan 7,0 foizga, Anor bankda 4,7 foizdan 5,5 foizga, Tenge bankda 2,8 foizdan 3,9 foizga oshgan. Garant bankda esa ko‘rsatkich eng yuqori o‘sishni ko‘rsatib, 4,9 foizdan 11,9 foizga yetgan.