O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekistonda har ming aholiga 32 ta tadbirkorlik subyekti to‘g‘ri keladi

UzDaily tahririyati · 01.08.2026 · 20:12 · 24 views
O‘zbekistonda har ming aholiga 32 ta tadbirkorlik subyekti to‘g‘ri keladi
O‘zbekistonda har ming aholiga 32 ta tadbirkorlik subyekti to‘g‘ri keladi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda har 1000 nafar aholiga 32 ta tadbirkorlik subyekti to‘g‘ri keladi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar qildi.

Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, har ming nafar aholiga 50 ta tadbirkorlik subyekti to‘g‘ri keladi. Keyingi o‘rinlarda Xorazm viloyati — 46 ta, Sirdaryo viloyati — 41 ta va Navoiy viloyati — 38 ta ko‘rsatkich bilan qayd etilgan.

Jizzax va Buxoro viloyatlarida har ming aholiga 35 tadan tadbirkorlik subyekti to‘g‘ri keladi. Toshkent viloyatida bu ko‘rsatkich 33 tani, Andijon viloyatida esa 32 tani tashkil etgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida har ming aholiga 30 ta tadbirkorlik subyekti to‘g‘ri keladi. Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida bu ko‘rsatkich 27 tadan, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida esa 26 tadanni tashkil etgan.

Eng past ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatida qayd etilgan bo‘lib, har ming nafar aholiga 24 ta tadbirkorlik subyekti to‘g‘ri keladi.

Statistika idorasi maʼlumotlariga ko‘ra, barcha ko‘rsatkichlar yaxlitlangan holda keltirilgan.