O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekistonda avtomobil yo‘llari uzunligi 42 ming kilometrdan oshdi

UzDaily tahririyati · 24.07.2026 · 22:55 · 28 views
O‘zbekistonda avtomobil yo‘llari uzunligi 42 ming kilometrdan oshdi

O‘zbekistonda avtomobil yo‘llari uzunligi 42 ming kilometrdan oshdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda qattiq qoplamali umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi 42 054 kilometrni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.

Idora maʼlumotlariga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu sanasiga nisbatan 0,4 foizga oshgan.

Eʼlon qilingan statistik maʼlumotlar respublika hududidagi qattiq qoplamali umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining 2026 yil boshidagi umumiy uzunligini aks ettiradi.