O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida turizm sohasida investitsiya loyihalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida turizm sohasida investitsiya loyihalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida turizm sohasida investitsiya loyihalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov joriy yilning 11-may kuni “Templewater” kompaniyasi rahbari Cliff Zhang bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida kompaniyaning turizm, joylashtirish vositalari, energetika va sun’iy intellekt sohalarida amalga oshirayotgan investitsiya loyihalari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Xitoyning nufuzli mehmonxona brendlari — “Rosewood Hotels & Resorts” hamda “Shangri-La Hotels and Resorts” tarmoqlarini O‘zbekistonga jalb qilish va mamlakat turizm salohiyatini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya muhitini yaxshilash va turistik infratuzilmani rivojlantirish borasidagi ishlar yuzasidan ham fikr almashildi.

Tomonlar tog‘li hududlarda Gonkong tajribasi asosida turizmni rivojlantirish, master-rejalar ishlab chiqish va infratuzilma loyihalariga xorijiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi.

Shu bilan birga, Samarqand viloyatidagi “Imom Al-Buxoriy” kompleksi hududida amalga oshirilayotgan mehmonxona va oilaviy mehmon uylari loyihasi taqdimoti ham o‘tkazildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar turizm salohiyatini xalqaro darajada targ‘ib qilish, Xitoyning yetakchi mehmonxona brendlarini jalb etish va joylashtirish vositalariga investitsiyalar kiritish masalalarida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling