O‘zbekiston va Hindiston tashqi ishlar vazirlari strategik sheriklikni muhokama qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 3 avgust kuni Nyu-Deli shahrida Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan tor doirada uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari hamda ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Vazirlar oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq amaliy hamkorlik izchil rivojlanayotganini, shuningdek, turli darajalarda faol va mazmunli muloqot davom etayotganini qayd etdi.
Suhbatdoshlar, shuningdek, oliy darajada o‘tkazilishi rejalashtirilgan navbatdagi tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashdi.