O'zbekiston va Gonkong banklari moliyaviy hamkorlikni muhokama qilishdi

O'zbekiston va Gonkong banklari moliyaviy hamkorlikni muhokama qilishdi

O'zbekiston va Gonkong banklari moliyaviy hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi boshchiligida Gonkongga amalga oshirilgan tashrif doirasida xalqaro moliyaviy aloqalarni mustahkamlash maqsadida The Hong Kong Association of Banks — Gonkong banklar assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Savdo-sanoat palatasi aʼzolari hisoblangan — Kapital bank, Octobank, Garant bank, Asia Alliance Bank, Apex Bank, Anor Bank, TBC Bank va Uzum Bank kabi yetakchi banklar ishtirok etdi.

The Hong Kong Association of Banks (HKAB) — 1981 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Gonkong bank sektorining asosiy vakillik organi hisoblanadi, unga hududdagi barcha litsenziyalangan banklar aʼzo bo‘lishi shart.

Uchrashuv davomida tomonlar bank-moliya sohasini raqamlashtirish, investitsiyaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro tajriba almashish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar doimiy muloqot platformasini yaratish va aniq loyihalar bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqishga kelishib oldilar. Bu hamkorlik O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi moliyaviy xab sifatida rivojlanishiga va Gonkong investorlari uchun yangi bozorlar ochilishiga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling