7
Sport

O‘zbekiston U-20 Iordaniya bilan durang o‘ynadi

O‘zbekiston U-20 Iordaniya bilan durang o‘ynadi
O‘zbekiston U-20 Iordaniya bilan durang o‘ynadi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Iordaniyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida O‘zbekistonning 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoasi mezbon Iordaniya tengdoshlariga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi jamoa 90-daqiqada Davron To‘laganov kiritgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Bu uchrashuv O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Iordaniyadagi joriy o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi ikkinchi nazorat bahsi bo‘ldi. Ilk uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.