O‘zbekiston taekvondochilari WT Prezidenti kubogida qatnashadi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning WT taekvondo bo‘yicha terma jamoasi 18–20 avgust kunlari Pokistonning Lohur shahrida bo‘lib o‘tadigan WT President‘s Cup Asia Region 2026 turnirida ishtirok etadi. Musobaqada milliy terma jamoaning 24 nafar vakili qatnashadi.
Erkaklar terma jamoasi tarkibiga 54 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Jahongir Xudoyberdiyev va Behruz Salimov, 58 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Asadbek Samandarov va Omonjon Otajonov, 63 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida esa Nazar Ali Nazarov kiritilgan.
68 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida O‘zbekiston sharafini Ayubxon Nabiyev, Diyorbek Tuxliboyev va Omadbek Otabekov himoya qiladi. 74 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Najmiddin Qosimxojiyev, Mironshohmirzo Muzaffarov va Ahadjon Muxtorov ishtirok etadi. Jasurbek Jaysunov 80 kilogrammgacha, Yodgorbek Jo‘rabéyev 87 kilogrammgacha, Xudoynazar Shodmonov esa 87 kilogrammdan yuqori vazn toifasida bahs olib boradi.
Ayollar terma jamoasi tarkibiga 53 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Laylo Hasanova, 57 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Madina Mirabzalova va Shabbona Abduvaliyeva, 62 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida esa Sevinch Hayitova, Mohidil O‘ktamjonova va Diyora Azizova kiritilgan.
67 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Jasmina Turlibekova va Ozoda Sobirjonova ishtirok etadi. Iroda Mirtojiyeva va Svetlana Saidova 73 kilogrammdan yuqori bo‘lgan vazn toifasida bahslashadi.