Moliya

O‘zbekiston Prezidenti "BNY" bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

O‘zbekiston Prezidenti "BNY" bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
O‘zbekiston Prezidenti "BNY" bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida “BNY” kompaniyasi bosh tijorat direktori Katinka Valstrom bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“BNY” - aktivlarni boshqarish, qimmatli qog‘ozlarni saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish, davlat va xususiy moliyalashtirish kabi keng turdagi moliyaviy xizmatlarni taqdim etuvchi Amerikaning yetakchi bank-investitsiya guruhidir.

Bankning O‘zbekiston yirik korxonalarining yevroobligatsiyalarini chiqarish va joylashtirishga ko‘maklashish, shuningdek, O‘zbekiston bank-moliya sektorini rivojlantirish borasidagi rejalari qo‘llab-quvvatlandi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.