O‘zbekiston “Nol byurokratiya” tashabbusi bo‘yicha xalqaro tadbirda ishtirok etdi

O‘zbekiston “Nol byurokratiya” tashabbusi bo‘yicha xalqaro tadbirda ishtirok etdi

O‘zbekiston “Nol byurokratiya” tashabbusi bo‘yicha xalqaro tadbirda ishtirok etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Vashington shahrida Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasining bahorgi uchrashuvlari doirasida “UAE Zero Bureaucracy and Government Experience Exchange” mavzusida xalqaro tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi raisi Behzod Hamrayev ishtirok etib, mamlakatimizda davlat boshqaruvini soddalashtirish va raqamlashtirishga qaratilgan islohotlar haqida maʼlumot berdi.

Qayd etilganidek, O‘zbekistonda 2026 yil 1 yanvardan boshlab “Nol byurokratiya” dasturi amalga oshirilmoqda. U “Byurokratiyani qisqartirish – 2030” strategiyasi doirasida davlat xizmatlarini soddalashtirish, fuqarolar va tadbirkorlar uchun maʼmuriy yukni kamaytirish hamda shaffoflikni oshirishga qaratilgan.

Tadbir davomida davlat xizmatlarini raqamlashtirish, maʼmuriy jarayonlarni qisqartirish va fuqarolarga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdim etildi.

Shuningdek, Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan statistik maʼlumotlardan foydalanishni kengaytirish, maʼmuriy maʼlumotlar integratsiyasini kuchaytirish hamda hisobot yukini qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Xalqaro tadbirda Birlashgan Arab Amirliklarining “nol byurokratiya” sohasidagi ilg‘or tajribasi muhokama qilinib, davlat boshqaruvini takomillashtirishda raqamli texnologiyalar va zamonaviy yondashuvlarning ahamiyati taʼkidlandi.

O‘zbekiston tomoni xalqaro hamkorlikni yana-da rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va davlat xizmatlarini takomillashtirishga tayyor ekanini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling