Moliya

my.gov.uz foydalanuvchilari o'z bank kartalarini tekshirishlari mumkin

my.gov.uz foydalanuvchilari o'z bank kartalarini tekshirishlari mumkin
my.gov.uz foydalanuvchilari o'z bank kartalarini tekshirishlari mumkin / Foto: my.gov.uz.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz da foydalanuvchilarga o‘z nomiga rasmiylashtirilgan amaldagi bank va virtual kartalar haqida maʼlumot olish imkonini beruvchi yangi bo‘lim ishga tushirildi.

«Bank kartalari» bo‘limida O‘zbekistondagi tijorat banklari tomonidan chiqarilgan plastik kartalar, shuningdek, banklarning mobil ilovalari orqali masofadan turib rasmiylashtirilgan virtual kartalar aks ettiriladi.

Maʼlumot olish uchun foydalanuvchi my.gov.uz portalida avtorizatsiyadan o‘tishi va tegishli bo‘limga kirishi kerak.

Yangi funksiya hozirda test rejimida ishlamoqda.

Xizmat faqat O‘zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan tijorat banklarining kartalari haqidagi maʼlumotlarni aks ettiradi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.