O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Moliya

O‘zbekiston MB asosiy stavkani 14 foizda saqlab qoldi

UzDaily · 18.06.2026 · 10:35 · 33 views
O‘zbekiston MB asosiy stavkani 14 foizda saqlab qoldi

O‘zbekiston MB asosiy stavkani 14 foizda saqlab qoldi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Markaziy banki 2026 yil 17 iyun kuni bo‘lib o‘tgan Boshqaruv yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra asosiy foiz stavkasini 14 foiz darajasida saqlab qoldi.

Taqdim etilgan maʼlumotlarga ko‘ra, 2026 yil may oyida yillik umumiy inflyatsiya 5,5 foizgacha pasaygan, bazaviy inflyatsiya esa 5,7 foizni tashkil etgan.

Regulyator prognozlariga ko‘ra, 2026 yil yakunlariga ko‘ra umumiy inflyatsiya darajasi taxminan 6,5 foizni tashkil etishi mumkin. Shu bilan birga, iqtisodiy o‘sish surʼatlari 7–7,5 foiz darajasida bo‘lishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, iyun oyidan kuchga kirgan energiya resurslari tariflarining oshirilishi inflyatsiya dinamikasiga qisqa muddatli taʼsir ko‘rsatadi.

Markaziy bank taʼkidlashicha, pul-kredit siyosati hanuzgacha inflyatsiyani maqsadli 5 foiz darajasiga tushirish, makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va aholining xarid qobiliyatini saqlab qolishga yo‘naltirilgan.

Asosiy stavka masalasi bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish 2026 yil 29 iyul kuniga rejalashtirilgan.

UzDaily · 👁 33 views · 18.06.2026 · 10:35