O‘zbekiston

Olti davlat bosh prokurorlari terrorizmga qarshi kurashishga kelishdi

Olti davlat bosh prokurorlari terrorizmga qarshi kurashishga kelishdi
Olti davlat bosh prokurorlari terrorizmga qarshi kurashishga kelishdi / Foto: Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston bosh prokurorlari terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuv imzoladi.

Hujjat ishtirokchi davlatlardan birida terroristik yoki ekstremistik deb topilgan shaxslar va tashkilotlar haqida tezkor maʼlumot almashishni nazarda tutadi.

Kelishuv doirasida tomonlar davlat suverenitetiga ehtimoliy tahdidlar va tayyorlanayotgan terroristik hujumlar haqida ham bir-birini xabardor qiladi.

Hamkorlikning alohida yo‘nalishi terroristik faoliyatga aloqador shaxslar haqida maʼlumot almashish bilan bog‘liq. Xususan, gap xorijlik jangarilar hamda o‘z kelib chiqish mamlakatlariga qaytayotgan shaxslar haqida bormoqda.

Shuningdek, ularning oila aʼzolari haqidagi maʼlumotlarni ham taqdim etish ko‘zda tutilgan.

Kelishuv transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini ham qamrab oladi. Tomonlar odam savdosi, qurol-yarog‘ va giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, shuningdek, noqonuniy migratsiyani tashkil etuvchilar haqida maʼlumot almashish niyatida.

Kelishuvlar olti davlat huquqni muhofaza qiluvchi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va o‘zaro manfaatdorlik uyg‘otuvchi ishlar bo‘yicha maʼlumot almashishni tezlashtirishga qaratilgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.