Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashganini maʼlum qildi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
«Men uchun AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish va unga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan eng ezgu tilaklarni yetkazish katta sharaf», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida.
Uchrashuvning boshqa tafsilotlari hozircha Oq uy yoki O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi tomonidan maʼlum qilinmagan.
Saida Mirziyoyeva AQSHda tashrif bilan bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida u BMT Bosh Assambleyasi tadbirlarida ishtirok etdi, shuningdek, Google, BMTning Aholi jamg‘armasi (UNFPA) va Jahon savdo tashkiloti (JST) vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.