O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Moliya

Oʻzbekiston YETB yigʻilishida birinchi marta toʻliq aksiyador sifatida ishtirok etdi

UzDaily tahririyati · 29.06.2026 · 16:15 · 39 views
Oʻzbekiston YETB yigʻilishida birinchi marta toʻliq aksiyador sifatida ishtirok etdi

Oʻzbekiston YETB yigʻilishida birinchi marta toʻliq aksiyador sifatida ishtirok etdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Xurram Teshabayev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi 25-26-iyun kunlari Olmatida boʻlib oʻtgan Yevrosiyo taraqqiyot bankining (YeOTB) 20-yillik yigʻilishida ishtirok etdi. Mamlakatimiz ilk bor ushbu tadbirlarda toʻlaqonli aksiyador maqomida qatnashdi.

Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov raisligida hamda aʼzo mamlakatlar moliya va iqtisodiyot vazirlari ishtirokida oʻtgan YeOTB Kengashi majlisida bankning hisoboti va 2027–2031-yillarga moʻljallangan rivojlanish strategiyasi tasdiqlandi.

Ushbu muhim hujjatda Oʻzbekiston tashabbusi boʻlgan suv va energetika xavfsizligi, transport koridorlarini kengaytirish hamda sanoat kooperatsiyasi kabi ustuvor yoʻnalishlar aks etdi. Bu maqsadlar “Oʻzbekiston–2030” milliy strategiyasiga toʻliq uygʻundir.

Sammit doirasida delegatsiya rahbari YETB Boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov bilan muzokaralar oʻtkazdi. Unda umumiy qiymati qariyb 2,8 milliard dollarlik 36 ta qoʻshma loyiha portfeli atroflicha muhokama qilindi. Investitsiyalar kimyo, toʻqimachilik, yengil va qayta ishlash sanoati, raqamli infratuzilma, tibbiyot hamda turizm sohalariga yoʻnaltiriladi.

Shuningdek, Toshkent va YETB bankning navbatdagi yillik yigʻilishini 2027-yilda Oʻzbekiston poytaxtida oʻtkazish hamda mamlakatimiz vakilini YETB Kengashi raisligiga nomzod etib koʻrsatish istiqbollarini koʻrib chiqdilar.