Oʻzbekiston va Turkiya fuqarolar uchun pensiya taʼminoti boʻyicha kelishuvga erishmoqda
Oʻzbekiston va Turkiya fuqarolar uchun pensiya taʼminoti boʻyicha kelishuvga erishmoqda
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni kunlarda Turkiya Respublikasining Kushadasi shahrida Pensiya jamg‘armasi hamda Turkiya Respublikasi Mehnat va ijtimoiy taʼminot vazirligi va Ijtimoiy taʼminot muassasasi (SGK) vakillari ishtirokida pensiya va ijtimoiy taʼminot sohasidagi muzokaralarning ikkinchi raundi bo‘lib o‘tmoqda.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi Ijtimoiy taʼminot to‘g‘risidagi Bitim hamda mazkur Bitimni amalga oshirish bo‘yicha Maʼmuriy kelishuv loyihalari yuzasidan muhokamalar olib borilmoqda.
Tomonlar birinchi raund doirasida ko‘tarilgan ayrim masalalarni ko‘rib chiqib, Bitim va Maʼmuriy kelishuv loyihalari matnlarini to‘liq muvofiqlashtirish hamda ularni yuqori darajada imzolashga tayyor holatga keltirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqdalar.
Mazkur hujjatlar ikki davlat hududida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning pensiya va ijtimoiy taʼminot huquqlarini taʼminlash, shu jumladan pensiya taʼminoti sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.