Oʻzbekiston va Pokiston turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Pokiston turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Pokiston turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 8-13-may kunlari Turizm qo‘mitasi tomonidan Pokiston Islom Respublikasi turizm sohasi vakillaridan iborat delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi tashkil etilmoqda.

Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Pokistondan O‘zbekistonga keluvchi sayyohlar oqimini sezilarli darajada oshirish va ikki davlat turoperatorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatishdir.

Tashrif dasturining ilk kuni, 8-may sanasida poytaxtimizdagi “Wyndham Garden Tashkent” mehmonxonasida keng qamrovli amaliy uchrashuv (B2B) bo‘lib o‘tdi.

Unda Pokistonning 24 nafar yetakchi turoperatori hamda mamlakatimizning 50 ga yaqin mahalliy turistik kompaniyalari vakillari ishtirok etishdi. 

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi turizm aloqalarining bugungi holati va kelgusidagi istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

Muloqotlar yakunida mahalliy turoperatorlar va pokistonlik hamkorlar o‘rtasida yangi turistik paketlarni ishlab chiqish hamda o‘zaro hamkorlik bo‘yicha shartnomalar imzolashga kelishib olindi.

Delegatsiyaning mamlakatimiz bo‘ylab safari davom etmoqda. Dasturga muvofiq, mehmonlar respublikamizning boshqa markaziy turistik shaharlarida ham bo‘lib, u yerda mahalliy soha vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling