Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonga Italiyaning 28,2 ming fuqarosi tashrif buyurdi. Ularning aksariyati mamlakatga turistik maqsadlarda kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2026 yilning sakkiz oyida Italiyaning 26,9 ming fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Yana 668 nafar italiyalik xizmat safari doirasida O‘zbekistonga kelgan bo‘lsa, 543 nafari qarindoshlarini ziyorat qilish maqsadida tashrif buyurgan.
O‘qish maqsadida mamlakatga Italiyaning 70 nafar fuqarosi kelgan, uch nafar fuqaro esa O‘zbekistonga tijoriy maqsadlarda tashrif buyurgan.
Shunday qilib, ko‘rib chiqilayotgan davrda Italiya fuqarolarining O‘zbekistonga tashriflari orasida turistik safarlar asosiy qismni tashkil etgan.