O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va JICA erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni kengaytirmoqda

UzDaily tahririyati · 07.08.2026 · 21:20 · 33 views
Oʻzbekiston va JICA erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni kengaytirmoqda
Oʻzbekiston va JICA erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni kengaytirmoqda / Foto: Oʻzbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sakai Mamoru boshchiligidagi missiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar mo‘ljallangan texnik hamkorlik loyihasi, erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda mamlakat sanoatini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

JICA diagnostika missiyasi yakunlari sarhisob qilinib, tegishli vazirlik va idoralar hamda erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari bilan o‘tkazilgan maslahatlashuvlar natijalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida loyihani amalga oshirish bo‘yicha keyingi bosqichlarni belgilovchi bayonnoma imzolandi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston–Yaponiya hamkorligini mustahkamlash, sanoatni rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.