O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Afgʻoniston savdo aylanmasini 5 milliard dollarga yetkazishni muhokama qilishdi

UzDaily tahririyati · 27.07.2026 · 11:15 · 56 views
Oʻzbekiston va Afgʻoniston savdo aylanmasini 5 milliard dollarga yetkazishni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Afgʻoniston savdo aylanmasini 5 milliard dollarga yetkazishni muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Qobul shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston Bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mulla Abdul G‘ani Barodar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy, savdo, investitsiya va tranzit sohalaridagi hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Afg‘oniston iqtisodiy masalalar bo‘yicha Bosh vaziri o‘rinbosari Qobul va Toshkent o‘rtasidagi yana-da mustahkam va barqaror munosabatlar nafaqat ikki mamlakatning iqtisodiy manfaatlariga xizmat qilishi, balki mintaqaviy barqarorlikni taʼminlashga ham hissa qo‘shishini taʼkidladi.

Jamshid Xo‘jayev O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi sezilarli darajada o‘sib, 1,6 milliard AQSH dollariga yetganini maʼlum qildi.

U shuningdek, O‘zbekiston Afg‘onistondagi o‘zbek investorlari tomonidan boshlangan loyihalarni jadallashtirish, mavjud muammolarni hal etish va ikki mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiladigan yangi loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi.

Shuningdek, delegatsiya tarkibidagi O‘zbekiston mutasaddilari Afg‘onistonning tegishli idoralari bilan yaqin hamkorlik qilib, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi, bank, savdo va iqtisodiy aloqalar sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, turli yo‘nalishlarda afg‘onistonlik mutaxassislarning salohiyatini oshirish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini taʼkidladi.

Uchrashuvda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ham ishtirok etdi.