O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

O‘zbekistonda 100 ta xonadonga 124 ta muzlatkich to‘g‘ri keladi

Dilafro'z Niyazova · 09.09.2026 · 17:50 · 40 views
O‘zbekistonda 100 ta xonadonga 124 ta muzlatkich to‘g‘ri keladi
O‘zbekistonda 100 ta xonadonga 124 ta muzlatkich to‘g‘ri keladi / Foto: Artel.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda har 100 ta xonadonga o‘rtacha 124 ta muzlatkich va muzlatish kamerasi to‘g‘ri kelgan. Bu maʼlumotlar O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining tanlanma uy xo‘jaliklari kuzatuvlari natijalari asosida keltirilgan.

So‘nggi o‘n yilliklarda ushbu ko‘rsatkich sezilarli darajada oshgan. 2000 yil bilan taqqoslaganda, har 100 ta xonadon hisobiga to‘g‘ri keladigan muzlatkich va muzlatish kameralari soni 44,2 foizga ko‘paygan.

2000 yilda har 100 ta xonadonga o‘rtacha 86 ta muzlatkich va muzlatish kamerasi to‘g‘ri kelgan. 2005 yilga kelib, ko‘rsatkich 91 taga, 2010 yilda esa 99 taga yetgan.

2015 yilda bunday maishiy texnika soni 100 tadan oshib, har 100 ta xonadonga 101 ta muzlatkich yoki muzlatish kamerasi to‘g‘ri kelgan.

2020 yilda ko‘rsatkich 107 taga yetgan. Keyingi yillarda ham o‘sish davom etgan: 2021 yilda — 114 ta, 2022 yilda — 115 ta, 2023 yilda esa 118 ta.

2024 yilda har 100 ta xonadonga 121 ta muzlatkich yoki muzlatish kamerasi to‘g‘ri kelgan. 2025 yil yakunlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 124 taga yetdi.

Shunday qilib, statistika xonadonlarning muzlatkich va muzlatish kameralari bilan taʼminlanganlik darajasi barqaror o‘sib borayotganini ko‘rsatmoqda: 2000 yilda har 100 ta xonadonga 86 tadan to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2026 yil boshiga kelib bu ko‘rsatkich 124 taga yetgan.