O‘zbekiston

Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozogʻistonda boʻladi

Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozogʻistonda boʻladi
Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozogʻistonda boʻladi / Foto: Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 29-iyul kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Davlatimiz rahbari Ostona shahrida “Kelajak oʻyinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

“Kelajak oʻyinlari” oʻzida anʼanaviy sport turlari va ularning raqamli shakllarini mujassam etgan.

Musobaqa 29-iyuldan 9-avgustga qadar 50 dan ortiq mamlakat vakillari, jumladan, Oʻzbekiston sportchilari ishtirokida oʻtkaziladi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.