O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Mirakbar Ikramov Toshkent shahar Transport bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

Dilafro'z Niyazova · 23.11.2024 · 22:10 · 1665 views
Mirakbar Ikramov Toshkent shahar Transport bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi
Mirakbar Ikramov Toshkent shahar Transport bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahar Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.

Mirakbar Ikramov ushbu boshqarmaning yangi rahbari etib tayinlandi.

1981 yilda Toshkentda tug‘ilgan Mirakbar Ikramov 2006 yili Toshkent aviatsiya institutini "Marketolog" mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Tayinlovgacha Ikramov Transport vazirligining Avtomobil va jamoat transporti departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.