Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston vakillari Qudratillo Maʼrufxo‘jayev va To‘libo‘y Yo‘ldoshev Paraosiyo o‘yinlarida erkaklar o‘rtasida F37 klassida yadro uloqtirish musobaqasida oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdi.
Maʼrufxo‘jayev 16,66 metr natija ko‘rsatib, birinchi o‘rinni egalladi va Paraosiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatdi. Yo‘ldoshev esa yadroni 15,79 metrga uloqtirib, kumush medal sohibi bo‘ldi.
Ushbu yo‘nalishda bronza medali Quvayt vakiliga nasib etdi.