7
Sport

Kodirova Osiyo rekordini o‘rnatdi, Hasanov kumush medal oldi

Kodirova Osiyo rekordini o‘rnatdi, Hasanov kumush medal oldi
Kodirova Osiyo rekordini o‘rnatdi, Hasanov kumush medal oldi / Foto: O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston vakili Lolaxon Kodirova Aichi-Nagoya–2026 Paraosiyo o‘yinlarida parasuzish bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi va Osiyo rekordini o‘rnatdi.

S5 toifasida ayollar o‘rtasida 50 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha finalda u masofani 37,88 soniyada bosib o‘tdi.

Paraosiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik yengil atletikachi Omadbek Hasanov ham ikkinchi o‘rinni egalladi.

T47 toifasida erkaklar o‘rtasida uzunlikka sakrash bo‘yicha finalda u 6,99 metr natija ko‘rsatib, kumush medal sohibi bo‘ldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.